“Kelajakka qadam” dasturi doirasida ochiq muloqot oʻtkazildi

Namangan davlat universiteti hamda Oʻzbekiston Milliy Banki Namangan viloyat boshqarmasi bilan hamkorligida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi. 
 
Tadbirda universitet Registrator ofisi Xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Jalolov Ravshanbek, Oʻzbekiston Milliy Banki Namangan viloyat boshqarmasi «Kelajakka qadam» markazi menejerlari Rahimov Muhammadnosir hamda Toirova Elnara va talabalar ishtirok etdilar.
 
Ochiq muloqot davomida bank-moliya sohasi rivojlanish tendensiyalari, zamonaviy menejment yondashuvlari hamda yoshlar uchun ochilayotgan yangi imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Mutaxassislar ishtirokchilarga o‘z tajribalarini ulashib, amaliy maslahatlar berdilar.
 
Shuningdek, uchrashuvda bitiruvchi talabalarni kelgusida ish bilan taʼminlash masalalari ham alohida muhokama qilindi. Mehnat bozoridagi dolzarb yo‘nalishlar, sohada mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ish beruvchilarning talab va takliflari hamda bitiruvchilarda bo‘lishi lozim bo‘lgan kasbiy va shaxsiy kompetensiyalar haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi. 
 
Ishtirokchilarga zamonaviy rezyume tuzish, samarali suhbatdan o‘tish, amaliyot jarayonlaridan unumli foydalanish va mehnat bozoriga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
 
 
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image