Ma'lumotlar:
- Doktarantura
- 24.08.2025-yil
- 09:28
- 2807
Namangan davlat universitetiga https://daraja.ilmiy.uz sayti orqali 2025-yil, 4-chorak uchun mustaqil izlanuvchilikga hujjatlari qabul qilingan talabgorlar uchun joriy yil, 28-29-avgust kunlari suhbat tashkil etiladi.
🔺Suhbatga izlanuvchilar o'zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari lozim:
1) shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari (passport yoki ID karta),
2) ilmiy-tadqiqot mavzusi asosnomasi (ilmiy rahbar va izlanuvchi imzosi bilan tasdiqlangan),
3) ilmiy rahbar rozilik xati (ilmiy rahbarlarni shogirdalari Nizomda belgilanidan ko’p bo’lmasligi lozim, buni ilmiy rahbarlarni oneIDsi orqali https://daraja.ilmiy.uz saytidan tekshirish tavsiya etiladi),
4) ilmiy mavzuga oid chop etilgan ilmiy ishlar nusxalari (hujjatlarni yig'ma fayl papkaga solish tavsiya etiladi), shuningdek mutaxasislik fanidan asosiy tushunchalarni takrorlab kelishlari so'raladi.
🔺 Quyidagi ixtisosliklarga hujjat topshirgan izlanuvchilar 28-avgust kuni keladi:
01.01.01 - Matematik analiz
01.04.02 - Nazariy fizika
01.04.10 - Yarimoʻtkazgichlar fizikasi
02.00.01 - Noorganik kimyo
02.00.17 - Qishloq xoʻjalik va oziq-ovqat mahsulot-lariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyasi va biotexnologiyasi
03.00.05 – Botanika
05.01.03 - Informatikaning nazariy asoslari
07.00.01 - Oʻzbekiston tarixi
08.00.01 - Iqtisodiyot nazariyasi
08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit
08.00.13 – Menejment
09.00.04 - Ijtimoiy falsafa
10.00.01 - Oʻzbek tili
10.00.02 - Oʻzbek adabiyoti
🔺 Quyidagi ixtisosliklarga hujjat topshirgan izlanuvchilar 29-avgust kuni keladi:
10.00.04 - Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti
10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
10.00.11 - Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi
11.00.01 - Tabiiy geografiya
11.00.05 - Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi
13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar boʻyicha)
13.00.04 - Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi
13.00.07 - Ta’limda menejment
19.00.06 - Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi
👨💻 Suhbatlar Namangan shahar, Boburshoh ko’chasi, 161-uy Namangan davlat universitetining rektorat binosida bo'lib o'tadi.
🔵 Izoh: Har bir izlanuvchi o'ziga belgilangan kuni kelishi shart
🔘 Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🌐Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi