Namangan davlat universitetida 2024-yilda Ilmiy va innovatsion ishlanmalarning tijoratlashtirilish holati 

    1) 2021-2023-yillarda bajarilgan 800 million so‘mlik “Noanʼanaviy xom ashyo va sabzavotlardan sukat tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish” nomli amaliy loyihasi tijoratlashtirilib, ushbu lohiya doirasida 2024-yil davomida 50 million so‘mlik sukat mahsulotlari ishlab chiqarilgan va sotilgan. 

   2) 2021-2023-yillarda 907,4 million so‘mlik “Saraton kasalliklarida HER2 onkomarkeri statusini aniqlash diagnostika” amaliy loyihasi bajarilgan va loyiha ishlanmasi uchun 2022-yil 16-iyulda №IAP07039 raqamli patent olingan.  2023-yil mart oyida Namangan viloyatining Chust innovatsion hududida “TUMOR ON TARGET” MCHJning “Onkologik kasalliklarni innovatsion diagnoz qilish skrining markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 2024-yil davomida 100 million so‘mga yaqin sof daromad olingan. 

   3) Namangan davlat universitetida 2022-yil “NamDU INNOVATION-2022” innovatsion korxonasini tashkil etilgan. Universitetning mebelga bo‘lgan barcha ehtiyojlari qondirilib hozirga qadar 457,188 million so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan .    

   4) 2022-2023 yillarda bajarilgan 773 million so‘mlik “Import o‘rnini bosuvchi mahalliy xom-ashyolar asosida olingan po‘lat simlarni cho‘zish kompoziti yaratish texnologiyasi” amaliy loyihasi doirasida 2024-yil davomida 100 million so‘mlik kompozit mahsuloti iste’molchilarga yetkazib berilgan.

Courses

Ma'lumotlar:

  • Ilmiy loyihalar
  • 17.10.2025-yil
  • 20:40
  • 1233
image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image