Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida “Kiberxavfsizlik: tashkiliy-huquqiy jarayonlar, xalqaro va milliy standartlar, muammolar, tahdidlar, chaqiriqlar hamda ularning Markaziy Osiyo davlatlarining milliy xavfsizligiga ta’siri” mavzusidagi nufuzli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur anjuman Markaziy Osiyo mintaqasida kiberxavfsizlik sohasida yuzaga kelayotgan dolzarb muammolarni muhokama qilish, milliy va xalqaro tajribalarni tahlil etish, shuningdek, sohada samarali hamkorlik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.

Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Namangan davlat universiteti nomidan Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani Sh.Haydaraliyev hamda Registrator ofisi boshlig‘i N.Dexkanov ishtirok etmoqda. Anjumanda Germaniya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlarining yetakchi olimlari, soha mutaxassislari hamda tegishli tashkilotlar vakillari qatnashmoqda.

Konferensiyaning dastlabki ish kunida NamDU vakillari kiberxavfsizlikning tashkiliy-huquqiy asoslari, axborot xavfsizligini ta’minlashda oliy ta’lim muassasalarining o‘rni hamda mintaqaviy hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar. Ularning chiqishlari ishtirokchilar tomonidan qiziqish bilan tinglandi va amaliy takliflar muhokama qilindi.

Mazkur konferensiya doirasida xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlash, tajriba almashish hamda kelgusida qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha istiqbolli rejalar belgilab olinishi ko‘zda tutilgan.

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image