Biotexnologiya fakulteti dekani talaba-yoshlarga murojaat yo‘lladi

Biotexnologiya fakulteti dekani Avazbek Batoshov talabalarga yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va narkojinoyatchilikning xavfli oqibatlari haqida ogohlikni kuchaytirishga qaratilgan murojaat yo‘lladi. 

Murojaatda yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va zararli illatlardan yiroq bo‘lishning muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, fakultetda giyohvandlik va narkojinoyatchilikka qarshi kurash, korrupsion holatlarning oldini olish yo‘nalishlari bo‘yicha fikr, muammo va takliflarni muntazam yig‘ish maqsadida “Muammo va takliflar qutisi” tashkil etilgani talabalarga ma’lum qilindi.

Ushbu tashabbus talabalarning fikrini eshitish, takliflarini inobatga olish va fakultetda sog‘lom, xavfsiz hamda ijobiy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image