9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

Namangan davlat universiteti Filologiya fakultetida 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan yoshlar orasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish hamda jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi illatning oldini olishga qaratilgan tizimli yondashuvni kuchaytirish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda universitet Korrupsiyaga qarshi komplaens-nazorat bo‘limi boshlig‘i Umidjon Boyxonov, Filologiya fakulteti dekani Obitxon Husanxo‘jayev, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda fakultet talabalari ishtirok etdilar.

Davra suhbati davomida korrupsiyaning mazmun-mohiyati, uning ta’lim tizimi va jamiyat hayotiga ta’siri, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi. 

Talabalar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan kerakli tavsiyalar oldilar.

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image