Yoshlar qarashi: Yangi Turizm siyosatini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi turizm sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirishga doir qarori yurtimiz turizm sohasi uchun yangi bosqichni boshlab berdi.

Yosh turizm elchilari Namangan viloyati Kengashi raisi hamda Namangan davlat universiteti talabasi sifatida ushbu qarorni jamoamiz bilan to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Hujjatda belgilangan maqsadlar – turistlar sonini oshirish, transport logistikasi sifatini yaxshilash, milliy turistik mahsulotlarni jahon bozoriga samarali targ‘ib etish va xizmatlar sohasini yangicha bosqichga olib chiqish – aynan yoshlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.

Ayniqsa, 2030-yilgacha turizm ulushini 3.5 foizdan 7 foizga yetkazish, 20 million turistni jalb etish, “aqlli turizm” yo‘nalishlarini rivojlantirish tashabbuslari biz yoshlar uchun kuchli ilhom manbai bo‘ldi.

Biz Namanganda turizm salohiyatini oshirish, yoshlarning tashabbuskorligini kuchaytirish va yangi, innovatsion g‘oyalar orqali mazkur davlat siyosatiga o‘z hissamizni qo‘shishda davom etamiz.

Yosh turizm elchilari sifatida asosiy maqsadimiz — milliy merosni zamonaviy yondashuvlar bilan targ‘ib qilish, Namangan viloyatining turistik jozibasini xalqaro maydonda yanada yorqin namoyon etish va O‘zbekiston turizm brendini mustahkamlashdir.

Mirzoolim ABDUMUTALOV
Yosh turizm elchilari Namangan viloyati Kengashi raisi, 

Namangan davlat universiteti talabasi

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image