- Universitet
- Ta'lim
- Axborot xizmati
- Faoliyat
- Hujjatlar
- Qabul
- Qabul yangiliklari
- Qabul Bakalavriat
- Qabul Magistratura
- Qabul Doktorantura
- Imtixon dasturlari
- Abituriyentlarga eslatma
- Qabul to'g'risidagi nizom
- Texnikum bitiruvchilariga
- Xorijiy abituriyentlarga
- Prezident qaror va farmoyishlari
- Savollar va javoblar
- Imtixon natijalari
- Ikkinchi oliy ta'lim
- Tibbiyot fakultetida qo'shma ta'lim
- Talabalarga
- Qabul
- Bog'lanish
- Raqamli kutubxona
-
O'zbekcha
- Kirish
Inson qadri va adolat – O‘zbekistonning jahon sammitidagi asosiy chaqirig‘i
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Munosabat
- Inson qadri va ...
- 05.11.2025
- 12:19
- 901
Doha shahrida bo‘lib o‘tayotgan Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi Jahon sammitida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar bugun nafaqat mamlakatimizning, balki butun insoniyat oldidagi mas’uliyatli pozitsiyani yaqqol ifoda etdi. Global ijtimoiy adolat, kambag‘allikka qarshi kurash, ijtimoiy tenglik va barqaror taraqqiyot masalalarini kun tartibiga olib chiqish – bu Yangi O‘zbekiston konsepsiyasining xalqaro miqyosdagi mantiqiy davomi sifatida e’tirof etildi.
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan Global ijtimoiy adolat fondini tuzish, kambag‘allikka qarshi kurashning yangi moliyaviy arxitekturasini shakllantirish, shuningdek, “Ijtimoiy mas’uliyat va munosib mehnat” bo‘yicha global tashabbusni ilgari surish – xalqaro tizimda ijtimoiy birdamlik ruhini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu tashabbuslarning mohiyatida bir haqiqat mujassam – har qanday taraqqiyotning markazida inson turishi kerak.
Bugun dunyo bo‘ylab texnologiyalar, sun’iy intellekt, mehnat munosabatlari va migratsiya jarayonlari keskin o‘zgarmoqda. Ish o‘rinlari transformatsiyaga uchrayotgan bir vaqtda, O‘zbekiston ijtimoiy himoya va davlat–jamiyat–biznes hamkorligini kuchaytirishga chaqirayotgani bejiz emas. Ayniqsa mehnat migrantlari va ularning oila a’zolarini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Toshkentda xalqaro forum tashkil etish tashabbusi – millionlab insonlarning taqdiriga bevosita daxldor masalalardir.
Shu bilan birga, O‘zbekiston ijtimoiy adolatning ilmiy-ma’rifiy poydevorini mustahkamlashga ham alohida e’tibor qaratmoqda. Savodsizlik tufayli dunyo iqtisodiyotiga yiliga 1,4 trillion dollar zarar yetayotgan bir paytda, ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, yoshlarni raqamli dunyoda o‘z o‘rnini topishga yo‘naltirish – global rivojlanishning eng muhim sharti sifatida qayd etildi.
Prezident Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 35 foizdan 6,6 foizga qisqartirilgani – bu islohotlarning natijaviyligini ko‘rsatadi. Biroq bu faqat boshlanishi, chunki ijtimoiy adolat – bu doimiy izlanish va yangilanishni talab qiladigan jarayondir.
Alohida ta’kidlash joizki, Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar hududi sifatida yangi rivojlanish modeli asosida dunyo e’tiboriga havola etilishi – O‘zbekistonning global ekologik va ijtimoiy mas’uliyatni o‘z zimmasiga olayotganidan dalolat beradi.
Doha sammitida yangragan chaqiriq bir maqsadga qaratilgan edi:
“Har bir inson uchun munosib hayot va ijtimoiy kelishuvni ta’minlash – bugungi avlodning eng katta burchidir”. Bu nafaqat siyosiy bayonot, balki amaliy harakatga chaqiriqdir. Yangi O‘zbekistonning xalqaro minbarlardan yangrayotgan ovozi endi nafaqat tinglanmoqda, balki ishonch bilan qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Botirjon MALLABAYEV
Tarix kafedrasi dotsenti