- Universitet
- Ta'lim
- Axborot xizmati
- Faoliyat
- Hujjatlar
- Qabul
- Qabul yangiliklari
- Qabul Bakalavriat
- Qabul Magistratura
- Qabul Doktorantura
- Imtixon dasturlari
- Abituriyentlarga eslatma
- Qabul to'g'risidagi nizom
- Texnikum bitiruvchilariga
- Xorijiy abituriyentlarga
- Prezident qaror va farmoyishlari
- Savollar va javoblar
- Imtixon natijalari
- Ikkinchi oliy ta'lim
- Tibbiyot fakultetida qo'shma ta'lim
- Talabalarga
- Qabul
- Bog'lanish
- Raqamli kutubxona
-
O'zbekcha
- Kirish
O‘zbekiston va BMT: Yangi dunyoga muhim tashabbuslar bilan!
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Munosabat
- O‘zbekiston va ...
- 24.09.2025
- 22:16
- 1468
BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan tashabbuslar xalqaro huquqning ustuvor yo‘nalishlari bilan uzviy bog‘liqdir.
Bu davlatimiz rahbarining BMT Bosh Assambleyasidagi 5-chiqishi bo‘ladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, davlatimiz rahbari har gal jahon minbarlarida insoniyatni tashvishga solib kelayotgan dolzarb global muammolarga yechim topish bo‘yicha aniq takliflarni ilgari surib kelgan. Shubhasiz, xalqaro maydonda O‘zbekistonning siyosiy pozitsiyasi, umuminsoniy qadriyatlarga tayangan tashabbuslari yuksak baholangan, qo‘llab-quvvatlangan. Birgina misol: mamlakatimiz tashabbusi bilan 2018-2025 yillarda BMT BA 13 rezolyutsiya, o‘nlab tashabbuslar qabul qildi. Binobarin, Prezidentimizning Nyu-Yorkka bu galgi tashrifi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, mamlakat manfaatlarini jahon miqyosida ilgari surish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholanmoqda.
Davlatimiz rahbari o‘z nutqida barqaror rivojlanish maqsadlariga hamohang holda, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy Yangi O‘zbekistonni barpo etish siyosatini olib borilayotgani, buning uchun ortga qaytmas islohotlarimizni izchil davom ettirilayotgan e’tirof etildi.
Bizning ustuvor maqsadimiz – mamlakatimizda yashayotgan har bir oilaning, har bir fuqaroning hayotini tubdan o‘zgartirish, inson qadri va farovonligini oshirishdir.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda kambag‘allik darajasini 35 foizdan 6,6 foizgacha qisqartirishga erishdik. Bunga, avvalo, ta’lim va ilm-fan sohasini o‘zgartirish, innovatsion tarmoqlar va texnologik sanoat korxonalarini barpo etish, “yashil” energetika va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, kichik biznesni har tomonlama rivojlantirish va natijada millionlab ish o‘rinlari yaratilmoqda.
Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim qamrovi 27 foizdan 78 foizga oshdi, yoshlarimizning oliy ta’lim bilan qamrovi esa 9 foizdan 42 foizga yetdi. Eng asosiysi – o‘qituvchi va ustozlik kasbining obro‘yi va nufuzini keskin oshirishga hal qiluvchi masala sifatida qaralmoqda.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Pedagoglarning o‘zaro tajriba va bilim almashishi uchun yagona xalqaro platformani yaratish maqsadida O‘zbekistonda Butunjahon professional ta’lim sammitini o‘tkazishni taklif qildi.
Yoshlarga qaratilayotgan keng ko‘lamli e’tibor hozirgi kunning asosiy kun tartibidagi muhim masalalardan biridir. Bu borada mamlakatimiz rahbari nutqida: “Ertangi kunimiz, dunyoning taqdiri va farovonligi o‘sib kelayotgan yosh avlod qo‘lida. Yoshlarimizning qalbi va ongiga tinchlik, gumanizm va do‘stlik, o‘zaro ishonch va hurmat kabi oliyjanob g‘oyalarni singdirish dolzarb vazifamizdir.
Bu borada “Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati”ni ta’sis etish va uning qarorgohini O‘zbekistonda joylashtirish taklifini ilgari suramiz. Biz jamiyatimizdagi bag‘rikenglik siyosatini izchil amalga oshirmoqdamiz”.
Shu asnoda, yurtboshimiz ilgari surgan ko‘plab takliflar va amaliy maqsadlarga yoshlar o‘zining salohiyati, chuqur bilimga ega bo‘lishi va ilm-fan cho‘qqilarini zabt etish kundalik faoliyatining mazmuniga aylanishi lozimligi bilan ahamiyatlidir.
Nodirbek Kodirov.
Tibbiyot fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari