- Universitet
- Ta'lim
- Axborot xizmati
- Faoliyat
- Hujjatlar
- Qabul
- Qabul yangiliklari
- Qabul Bakalavriat
- Qabul Magistratura
- Qabul Doktorantura
- Imtixon dasturlari
- Abituriyentlarga eslatma
- Qabul to'g'risidagi nizom
- Texnikum bitiruvchilariga
- Xorijiy abituriyentlarga
- Prezident qaror va farmoyishlari
- Savollar va javoblar
- Imtixon natijalari
- Ikkinchi oliy ta'lim
- Tibbiyot fakultetida qo'shma ta'lim
- Talabalarga
- Qabul
- Bog'lanish
- Raqamli kutubxona
-
O'zbekcha
- Kirish
Prezident tashrifi: Namanganning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun yangi bosqich
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Munosabat
- Prezident tashr...
- 18.09.2025
- 20:39
- 1302
Bugungi kunda mamlakatimizning har bir hududini kompleks rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish va iqtisodiy barqarorlikka erishish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Shu jihatdan, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi davomida Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarning belgilanishi juda muhim va o‘z vaqtida qabul qilingan qarorlardan biridir.
Mazkur ustuvor vazifalarda viloyatning sanoat salohiyatini kengaytirish, qishloq xo‘jaligida yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi bandligini ta’minlash kabi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilgan. Ayniqsa, yoshlar va ayollar bandligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarning mavjudligi ijtimoiy barqarorlikning mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ichimlik suvi ta’minoti va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish orqali aholi turmush darajasini oshirish rejalashtirilayotgani e’tiborga molikdir. Bu kabi kompleks yondashuvlar viloyatni nafaqat ichki iqtisodiy barqarorlik nuqtayi nazaridan, balki investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha ham raqobatbardosh hududga aylantiradi.
Xulosa qilib aytganda, belgilangan ustuvor vazifalar Namangan viloyatining yanada taraqqiy etishiga, aholining turmush farovonligi yuksalishiga, eng muhimi, kelajak avlodlar uchun mustahkam poydevor yaratilishiga xizmat qiladi. Bu borada har birimizga – davlat organlari, mahalliy hokimiyatlar, tadbirkorlar va fuqarolik jamiyati vakillariga – muhim mas’uliyat yuklatilganini unutmasligimiz lozim.
Asrorbek TO‘RAYEV
Yashil iqtisodiyot va barqaror biznes kafedrasi o‘qituvchisi