Namangan turizmi uchun yangi bosqich – qo‘shma Turizm fakulteti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Namangan viloyatiga har galgi tashriflarida ta’lim sohasiga berilayotgan e’tibor alohida o‘rin tutadi. Bu galgi tashrifda Namangan davlat universiteti hamda Avstriyaning Krems universiteti hamkorligida Turizm fakultetini tashkil etish bo‘yicha bergan fikrlari oliy ta’limni jahonga olib chiqishdagi galdagi qo‘yilgan katta qadamlardan biri sifatida qarash mumkin.
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi vakillari, Tashqi ishlar vazirligi xodimlari, O‘zbekistonning Avstriyadagi muxtor elchisi hamda Namangan davlat universiteti va Avstriyaning Krems universiteti vakillari ishtirokida Prezidentimiz tashabbuslari bilan tashkil etilishi rejalashtirilgan Turizm fakulteti bo‘yicha dastlabki muloqot o‘tkazildi.
 
Krems universitetining Namangan viloyatidagi missiyasi ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi galda oliy ma’lumotli mutaxassislarni jahon standartlariga asosan Namangan davlat universitetida tayyorlash bo‘lsa, ikkinchi yo‘nalish Namangan viloyatiga turizm oqimini oshirish bo‘yicha puxta ishlab chiqilgan dasturlarni amalga oshirishdan iboratdir. 
 
Ushbu hamkorlik natijasida Namangan viloyatining turistik imkoniyatlari baholanib, turizmning bir qator yo‘nalishlarini viloyatda yanada rivojlanishiga asos bo‘ladi. Prezidentimiz ma’ruzalar ta’kidlanganidek, Namangan viloyatiga yil boshidan 1 million 200 ming xorijiy, 2 million mahalliy sayyoh keldi, turizm eksporti 200 million dollardan oshdi. Bunda har yili an’anaviy ravishda o‘tkazib kelinayotgan Xalqaro gullar festivalining o‘rni katta ekani ta’kidlandi. Hozir Namangan aeroporti turistlar oqimiga kichiklik qilmoqda. 140 million dollar investitsiya hisobiga Namangan aeroporti rekonstruksiya qilinmoqda. Yangi terminal ishga tushsa, yo‘lovchi tashish quvvati 2,5 karra oshadi. 
 
Shunga mos ravishda turizm infratuzilmasini ham rivojlantirish kerakligi aytildi. Namangan davlat universiteti hamda Krems universiteti hamkorligida tashkil etiladigan Turizm fakultetining asosiy vazifasi ana shunday muammolarga yechim topishdan iboratdir.
 
Bahromjon URINOV
Iqtisodiyot fakulteti dekani

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image