Sifatli ta’lim – kuchli iqtisodiyot garovi

Davlatimiz  rahbari raisligida  ta’lim sohasidagi  islohotlar ijrosiga  bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor  yig‘ilishida  eng dolzarb masalalardan biri bo‘lgan bitiruvchilar bandligini ta’minlashga alohida  e’tibor qaratildi. Unda ta’limni hayotga yanada yaqinlashtirish, bugun talab va ehtiyoj yuqori bo‘lgan ixtisosliklar  bo‘yicha  mutaxassis  kadrlarni tayyorlash, ishlab chiqarish korxonalari  bilan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, bitiruvchilar  bandligini ta’minlash kabi qator  muammolar va ularning hal etilishi yuzasidan vazifalar  belgilab berildi.
 
Davlatimiz rahbari ta’kidladilarki, “Odamlarimiz  yaxshi yashashlari uchun    iqtisodiyotimiz kuchli  bo‘lishi kerak. Buning uchun yangi tovar, yangi xizmat, yangi texnologiya kerak. Sifatli ta’lim tizimi  orqaligina bunga erisha olamiz. Boshqa yo‘limiz yo‘q”, – dedilar.  Biz  Davlatimiz  rahbari tomonidan belgilab berilgan topshiriqlardan o‘zimizga tegishli xulosalarni chiqarib, vazifalarni belgilab oldik.  Avvalo shuni alohida ta’kidlash joizki, yangi oquv yilini  mukammal ta’mirdan chiqqan, keng, yorug‘, shinam, zamonaviy texnika vositalari bilan  jihozlangan auditoriyalarda  boshladik. Bundan professor-o‘qituvchilar ham, talabalar ham va ularning ota-onalari ham juda xursand.
 
Ta’lim sifatini yanada yaxshilash, talabalar olayotgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, bitiruvchilar  bandligini ta’minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlarni belgilab olganmiz. Yig‘ilishda yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq  yo‘l-yo‘riq va ko‘rsatmalar berildi. Ayniqsa, banklardan ajratiladigan imtiyozli kreditlar miqdorini oshirish, bitiruvchilarni  ishga qabul qilgan korxona, tadbirkorlik subyektlariga ham bu borada imtiyozlar yaratilgani muhim ahamiyatga ega yangilik bo‘ldi.
 
Biz bu yangiliklarni, Davlatimiz rahbari belgilab bergan ustuvor vazifalar mohiyatini professor-o‘qituvchilarga, talabalarga tushuntiramiz. Xullas, bu vazifalarni amalga oshirish yo‘lida fakultetimiz jamoasi bir tan-u bir jon bo‘lib astoydil harakat qilamiz.
 
Obidxon Xusanxo‘jayev
Filologiya fakulteti dekani

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image