- Universitet
- Ta'lim
- Axborot xizmati
- Faoliyat
- Hujjatlar
- Qabul
- Qabul yangiliklari
- Qabul Bakalavriat
- Qabul Magistratura
- Qabul Doktorantura
- Imtixon dasturlari
- Abituriyentlarga eslatma
- Qabul to'g'risidagi nizom
- Texnikum bitiruvchilariga
- Xorijiy abituriyentlarga
- Prezident qaror va farmoyishlari
- Savollar va javoblar
- Imtixon natijalari
- Ikkinchi oliy ta'lim
- Tibbiyot fakultetida qo'shma ta'lim
- Talabalarga
- Qabul
- Bog'lanish
- Raqamli kutubxona
-
O'zbekcha
- Kirish
Milliy birdamlik – suveren O‘zbekistonning ma’naviy tayanchi
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Munosabat
- Milliy birdamli...
- 21.01.2026
- 15:43
- 411
Bugungi globallashuv, geosiyosiy beqarorlik va keskin raqobat sharoitida davlatlarning barqarorligi faqat iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan emas, balki jamiyat ichidagi birdamlik darajasi, milliy birlik va suveren qaror qabul qilish qobiliyati bilan belgilanmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi aynan shu haqiqatni yana bir bor tasdiqladi.
Davlat rahbari murojaatida jamiyatni birlashtiruvchi asosiy kuch sifatida ijtimoiy birdamlikni alohida ta’kidladi. U tarixiy tajribaga tayangan holda shunday dedi: “Tarix davomida qanday sinovlarga duch kelmaylik, biz avvalo birdamlikdan kuch oldik.” Bu fikr birdamlikning tasodifiy hodisa emas, balki xalqning tarixiy xotirasi va madaniy tajribasida shakllangan ijtimoiy qadriyat ekanini ko‘rsatadi.
Murojaatnomada mahalla instituti ijtimoiy birdamlikning amaliy va tirik shakli sifatida talqin etiladi. Prezidentning: “Mahalla tinch bo‘lsa – jamiyat tinch, mahalla rivojlansa – butun mamlakat yuksaladi”, degan so‘zlari jamiyat barqarorligining ildizi aynan quyi ijtimoiy makonda ekanini anglatadi. Mahalla bu yerda shunchaki hududiy birlik emas, balki insonlar o‘rtasida ishonch, hamjihatlik va o‘zaro mas’uliyatni shakllantiruvchi ijtimoiy institut sifatida namoyon bo‘ladi.
Jamiyat birdamligi masalasi davlat suvereniteti bilan bevosita bog‘liq. Chunki ichki birliksiz hech qanday mustaqillik barqaror bo‘la olmaydi. Prezident bu borada qat’iy pozitsiyani bildiradi: “O‘zbekistonda – fuqarolarimizni, tadbirkorlarimizni va investorlarni har qanday vaziyatda himoya qiladigan davlat bor, Konstitutsiya bor, qonunlar bor!”
Bu fikr davlat suverenitetining asosiy mezoni – qonun ustuvorligi va adolatli boshqaruv ekanini yaqqol ko‘rsatadi.
Davlatning iqtisodiy mustaqilligi ham suverenitetning muhim tarkibiy qismi sifatida ta’kidlandi. Oltin-valyuta zaxiralari, investitsiyalar oqimi va xalqaro reytinglardagi o‘sish bevosita davlatning mustaqil qaror qabul qilish salohiyatini kuchaytirayotganini ko‘rsatadi. Prezidentning: “Bu oddiy fakt emas – katta natijaning ifodasi”, degan bahosi O‘zbekistonning global maydondagi mavqei mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi.
Murojaatnomada birdam jamiyat g‘oyasi ham alohida urg‘u bilan ilgari surildi. Turli qarashlar mavjudligi demokratiyaning tabiiy belgisi ekani tan olinadi, ammo ularning barchasini birlashtiruvchi oliy mezon sifatida umumiy manfaat ko‘rsatib o‘tiladi: “Millati, tili va dinidan qat’i nazar, butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulug‘ g‘oya – Vatan va xalq manfaatidir.” Bu yondashuv birdam jamiyatning mafkuraviy poydevorini belgilab beradi.
Bugungi global jarayonlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ichki birdamlik va milliy birlikka tayangan davlatgina xalqaro maydonda ishonchli hamkor sifatida e’tirof etiladi. O‘zbekistonning tobora mustaqil va mas’uliyatli siyosiy subyekt sifatida qabul qilinayotgani ham aynan shu omillar bilan bog‘liq.
Buni yirik siyosiy markazlar munosabati tasdiqlaydi. Xususan, AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga yuborilgan tinchlik tashabbusidagi taklif hamda G20 formatidagi tadbirlarga taklif etilish mamlakatimizga bo‘lgan xalqaro ishonchning ifodasidir.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston murakkab geosiyosiy sharoitda milliy birdamlik, suveren siyosiy iroda va muvozanatli tashqi siyosatga tayangan holda o‘z taraqqiyot yo‘lini izchil davom ettirmoqda. Mustaqillik esa doimiy mas’uliyat va siyosiy hushyorlik bilan mustahkamlanadigan strategik qadriyatdir.
Muhriddin SODIRJONOV,
Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti